
- 0
- 05.01.2026 10:23:00
- 1 мин оқу
1-yanvar kuni Xorazmning Shovot tumani hududidagi 21-kilometrda qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 1995-yilda tug‘ilgan Cobalt avtomobili haydovchisi qizil svetoforga va yo‘l belgilariga e’tibor bermay, temiryo‘l kesishmasiga chiqqan va poyezdga yo‘l bermagan. Natijada, avtomobil poyezd bilan to‘qnashgan. Haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.