
- 7
- 12.11.2025 17:04:00
- 1 мин оқу
Tayvanning Kilung san’at muzeyida ishlaydigan ko‘ngilli farrosh zamonaviy rassom Chen Sunchjining 40 yillik asarini kir ko‘zgu deb o‘ylab, hojatxona qog‘ozi bilan artib tashladi.
“Inverted Syntax-16” deb nomlangan asar yog‘och panelga o‘rnatilgan chang bosgan ko‘zgudan iborat bo‘lib, rassom uni vaqt, xotira va madaniy o‘zlikning ramzi sifatida yaratgan edi. Ammo farrosh yillar davomida yig‘ilgan changni artib tashlagach, asar butunlay o‘z qiyofasini yo‘qotgan.
Muzey rassomdan rasmiy uzr so‘radi va zarar uchun tovon to‘lanishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ayrim san’atshunoslar bu voqeani “asar yangi ma’no kasb etdi” deb baholashmoqda.