
- 2
- 03.03.2026 17:02:00
- 1 мин оқу
Bugun singapurlik model va fotograf Chuando Tan 60 yoshni qarshi oldi. 1966-yilda tug‘ilganiga qaramay, u hanuz 20 yoshlardek ko‘rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan Tan ko‘pchilikni yosh saqlanish siri bilan qiziqtirib keladi.
Intizom — asosiy kalit
Uning aytishicha, natijaning 70 foizi to‘g‘ri ovqatlanish, 30 foizi esa muntazam jismoniy faollik hissasiga to‘g‘ri keladi. Tan 30 yildan buyon quyidagi qoidalarga amal qiladi:
-
Spirtli ichimliklar, qahva, shakar va sigaretdan butunlay voz kechgan
-
Kechki ovqatni iste’mol qilmaydi
-
Soat 23:00 gacha uxlashga yotadi
-
Ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tirmaydi
-
Ko‘p miqdorda suv ichadi
Oddiy, ammo samarali ratsion
Uning kundalik ovqatlanish tartibi ham sodda:
-
Nonushta — tuxum
-
Tushlik — tovuq go‘shti yoki baliq
-
Haftasiga 3–5 marta yengil mashqlar
Qiziq tomoni, u teri parvarishida ham murakkab vositalardan foydalanmaydi — oddiy yuvinish vositasi va namlantiruvchi krem yetarli, deydi u.
Yoshini faqat sochlari oshkor etadi
Modelning aytishicha, yoshini bildiradigan yagona jihat — sochidagi oq tolalar. Ularni esa oyiga bir marta bo‘yash bilan cheklanadi.
Sog‘lom turmush tarzi va qat’iy intizom — Chuando Tanning yosh ko‘rinish siri aynan shunda.