
- 1
- 24.12.2025 21:29:00
- 1 мин оқу
Xitoylik mashhur xonanda Vang Lixomning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tgan konserti tomoshabinlar uchun haqiqiy texnologik shouga aylandi. Konsert davomida Unitree kompaniyasi tomonidan yaratilgan gumanoid robotlar sahnaga fon raqqoslar sifatida chiqib, inson raqqoslar bilan birgalikda uyg‘un va sinxron raqs ijro etdi.
Robotlar murakkab raqs harakatlari, tezkor burilishlar va hatto akrobatik elementlarni mukammal bajarib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Sun’iy intellekt va mexanikaning san’at bilan uyg‘unlashuvi konsertga futuristik ruh bag‘ishladi.
Ushbu chiqish aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rildi. Hatto Ilon Mask ham videoga munosabat bildirib, uni qisqacha “Impressive” (Hayratlanarli) deb baholadi. Mutaxassislar buni jonli shoular va konsert industriyasida yangi davr boshlanishi sifatida ko‘rmoqda.