
- 0
- 15.11.2025 08:41:00
- 1 мин оқу
Xitoyning UBTech kompaniyasi sanoat ishlab chiqarishi uchun maxsus yaratilgan odamsimon robotlarning butun bir “armiyasi”ni ishga tayyorladi. Eng qiziq jihati — bu robotlarni zaryadga qo‘yish shart emas. Ular akkumulyator quvvatini o‘zi tugaganda avtomatik tarzda stansiyaga borib, batareyani mustaqil almashtiradi. Bu dunyoda ilk bor gumanoid robotlarning ommaviy tarzda zavodlarga bir vaqtda topshirilishi sifatida qayd etilmoqda. Bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq robot BYD, Geely, FAW-Volkswagen, Dongfeng va iPhone ishlab chiqaruvchi Foxconn zavodlariga yuborilgan.
Yangi robotlar avtomobil va elektronika ishlab chiqarish jarayonlarida odam kuchi talab qiladigan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Shu bilan sanoat korxonalarida avtomatlashtirishning yangi bosqichi boshlangani ta’kidlanmoqda.