Markaziy Osiyo davlatlari Made in Central Asia brendini yaratmoqchi

Markaziy Osiyo davlatlari Made in Central Asia brendini yaratmoqchi
  • 8
  • 14.11.2025 10:35:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning savdo va investitsiya vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqa davlatlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha rejalar e’lon qilindi.Yig‘ilishda Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini yaratish, sanoat integratsiyasini kuchaytirish va xalqaro investorlarni mintaqaga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan savdosi barqaror o‘sishda davom etmoqda: 2017-yildagi 3,2 mlrd dollardan 2024-yilda 6,9 mlrd dollarga yetgan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon bilan savdo hajmlarida sezilarli o‘sish qayd etilgan. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov 2026-yilda Samarqandda Markaziy Osiyo–Ozarbayjon investitsiya forumini o‘tkazishni taklif etdi.
Yig‘ilish yakunida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News