
- 3
- 31.10.2026 12:59:00
- 1 мин оқу
🏔 Nepalning Himolay tog‘larida, dengiz sathidan qariyb 3 700 metr balandlikda joylashgan Machapuchare Base Camp sayohatchilarni qorli cho‘qqilar va bulutlar orasida qolgan tog‘ manzaralari bilan qarshi oladi. Bu yerdan Machapuchare tog‘ini ham ko‘rish mumkin. Baliq dumini eslatuvchi shakli sababli u "Fish Tail" nomi bilan ham tanilgan. Mahalliy aholi uchun muqaddas sanalgan tog‘ cho‘qqisiga chiqish taqiqlangan.