
- 3
- 27.11.2025 16:33:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda bir blogerning Xorazmshohlar haykali ustidan kulib, mazax qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, u 24-noyabr kuni Xiva shahridagi muzeylardan birida provokatsion video suratga olgan va tarixiy shaxslarni haqorat qilgan. Bu holat muzey ma’muriyati hamda jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Blogerga ushbu qilmishi uchun BHMning 10 baravari (4 120 000 so‘m) miqdorida jarima va 14 sutka qamoq jazosi belgilandi.