Ozarbayjon Markaziy Osiyo Maslahat uchrashuvlariga to‘la huquqli a’zo

Ozarbayjon Markaziy Osiyo Maslahat uchrashuvlariga to‘la huquqli a’zo
  • 8
  • 16.11.2025 10:29:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonni mazkur formatga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish bo‘yicha davlatlar o‘rtasida prinsipial qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Ushbu qaror mintaqa mamlakatlarini bog‘lab turuvchi umumiy tarix, yaqinlik va hamkorlik manfaatlariga mos ekani aytildi.

Maslahat uchrashuvlari bo‘yicha tashabbus 2017-yilda ilgari surilgan bo‘lib, birinchi yig‘ilish 2018-yilda Ostona shahrida o‘tgan. Bu yilgi uchrashuvda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uchinchi bor faxriy mehmon sifatida qatnashmoqda.

Ilhom Aliyev ushbu tadbir oldidan O‘zAga bergan intervyusida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik ahamiyati tobora ortib borayotgan umumiy tarixiy-madaniy, geografik va geosiyosiy makonni barpo etayotganini aytdi. Shuningdek, Kaspiy dengizi mintaqa uchun “ajratib turuvchi emas, balki birlashtiruvchi omil” ekanini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News