
- 5
- 26.09.2026 14:18:00
- 1 мин оқу
“Manchester Siti”ning APLdagi moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishi yana kun tartibida. Klubga qo‘yilgan 115 ta ayblov bo‘yicha jarima, ochko olib tashlash, ayrim natijalarni qayta ko‘rib chiqish yoki hatto quyi divizionga tushirish kabi jazolar muhokama qilinmoqda.
Agar ochko olib tashlash jazosi qo‘llansa, “Siti”ning 2009–2018-yillar oralig‘idagi sovrinlari ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunday holatda ayrim mavsumlarda chempionlar o‘zgarishi ehtimoli paydo bo‘ladi.
Klub esa yakuniy qarorga qarshi apellyatsiya berishga tayyorlanmoqda. Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror yo‘q. 👀
Sizningcha, bu ish qanday yakunlanadi?