
- 0
- 19.02.2026 10:06:00
- 1 мин оқу
2026‑yilgi Milan–Kortina Qishki Olimpiadasi vaqtida tog‘ chang‘isi "slalom" musobaqasida tomoshabinlar unutilmas lahzaga guvoh bo‘ldi. Musobaqaning qizg‘in pallasida maydonga noodatiy ishtirokchi — mahalliy it yugurib chiqdi. Dastlab u barchani havotirga soldi, chunki uning ko‘rinishi bo‘riga o‘xshardi. It avval finish kamerasiga qiziqdi, so‘ng esa sportchilar tomon yugurib, go‘yo poygada qatnashayotgandek marrani kesib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu lahza kunning eng muhokama qilingan voqeasiga aylandi. “Itga oltin medal bering!” degan hazillar ham yangradi. U Olimpiyadadagi birinchi to‘rt oyoqli “ishtirokchi” sifatida tarixda qoldi.