
- 2
- 19.11.2025 14:24:00
- 1 мин оқу
U parashyutchi atmosferada katta tezlikda pastlayotgan va ayni paytda Quyoshning oldidan o‘tayotgan onni aniq fursatda tasvirga olgan. Bu kadr 8-noyabr kuni Arizonada olingan. Suratdagi parashyutchi taxminan 1 070 metr balandlikdan kichik dvigatelli paramotordan sakragan. Quyosh diski ham, parashyutchi ham bir kadrda tiniq chiqishi uchun Makkarti kamerani undan 3,2 km uzoqlikka joylashtirgan. Fotografning aytishicha, masofa, vaqtni sekundigacha to‘g‘ri tanlash va katta sabr birlashuvi bilan mana shunday hayratlanarli darajadagi noyob surat dunyoga kelgan.