Tovuqni o‘zgacha pishirish uslubi🥰

Tovuqni o‘zgacha pishirish uslubi🥰
  • 8
  • 12.05.2026 10:37:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:

600 gr tovuq ko‘kragi
2 dona tuxum
4 osh qoshiq un
150 gr pishloq
4 dona pomidor
200 gr mayonez
3 dona sarimsoq

Tayyorlanishi:
Birinchi tovuq ko'kragi yupqa qilib kesilib, bolg'acha bilan urib yumshatiladi. So'ng, ustidan tuz va murch sepiladi. Tovuq go'shti bo'laklari avval unga, keyin tuxumga botirilib, qizigan yog'da tillarang va qarsildoq bo'lguncha qovuriladi. Mayonez mayda to‘g‘ralgan sarimsoq bilan aralashtirib olinib, tovuq go‘shti ustidan surtiladi. Keyin, mayonez ustidan pomidor va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq qo‘yilib, 180°C da qizdirilgan pechda 20-30 daqiqa davomida pishirib olinadi. Ovqatimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha!
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News