18 yil piyoda maktabga borib kelgan o‘qituvchiga avtomobil sovg‘a qilindi

18 yil piyoda maktabga borib kelgan o‘qituvchiga avtomobil sovg‘a qilindi
  • 0
  • 15.11.2025 10:23:00
  • 1 мин оқу

Tojikistonning Dushanbe shahridagi Yuriy Gagarin maktabida 18 yil davomida kuniga 16 km piyoda yo‘l bosib dars bergan rus tili o‘qituvchisi Orif Partoyev taqdirlandi. U Temurmalik tumanidagi 24-maktabda ishlagan.
Tadbirda Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Dushanbe hokimi va Prezident Rahmonning o‘g‘li Rustam Imomali ishtirok etdi. Partoyevning fidoyiligi va ta’limga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, unga avtomobil sovg‘a qilindi. Avvalroq unga skuter ham yordam sifatida taqdim etilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News