O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida bitimlar to‘plami imzolandi

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida bitimlar to‘plami imzolandi
  • 3
  • 19.02.2026 10:18:00
  • 1 мин оқу

Vashingtonda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston va AQSH hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Hujjatlar muhim minerallarni qazib olish va yetkazib berish, yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, parrandachilik klasterini rivojlantirish, agrosanoat va moliya bozori loyihalarini qamrab oldi.

Tadbirda AQSH hukumati, Eksimbank, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) hamda qator yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News