Alkogol do‘koniga kirib “bo‘kkuncha ichgan” yenot

Alkogol do‘koniga kirib “bo‘kkuncha ichgan” yenot
  • 0
  • 04.12.2025 13:27:00
  • 1 мин оқу

AQSHning Virjiniya shtatida yenot alkogol do‘koniga kirib, bir necha shisha ichimlikni sindirdi va ularni tatib ko‘rdi. Keyin u do‘konning hojatxonasida deyarli mast bo‘lib, uxlab qoldi. Xodimlar hayvonni topib, mahalliy hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga murojaat qilishdi. Hayvonni olib ketgan xodimlar, yo‘l bo‘yi o‘zlarini kulishdan to‘xtatisholmaganini aytishgan. Chunki ular ilgari mast yenotni uchratishmagan. Bir necha soat uxlagach, yenot tezda o‘ziga keldi va tabiatga qaytarildi. Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar kulib “Uni tinch qo‘ying! Balki, juda og‘ir kun o‘tkazgandir” deb izoh yozishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News