
- 2
- 17.11.2025 15:15:00
- 1 мин оқу
Efiopiyaning janubida Marburg virusi tarqalmoqda. Bu virus juda xavfli bo‘lib, kuchli isitma, qusish, diareya va ichki qon ketishini keltirib chiqaradi. Mutaxassislar o‘lim darajasi 25–80% gacha yetishi mumkinligini aytmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, virus hozircha 9 ta bemorda qayd etilgan. Aniqlangan virus turi Sharqiy Afrikada ilgari uchragan shtammlarga o‘xshash. Hukumat Jinka hududida tekshiruv va nazorat ishlarini boshlagan. Bungacha Tanzaniyada virus tufayli 10 kishi, Ruandada esa 2024-yilda 15 kishi vafot etgan. Marburgga qarshi tayyor vaksina yo‘q, ammo simptomlarni davolash va suvsizlanishni oldini olish bemorlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. O‘tgan yili eksperimental vaksina sinovdan o‘tkazilgan.