Pavel Durovga Rossiyada jinoiy ish ochildi

Pavel Durovga Rossiyada jinoiy ish ochildi
  • 2
  • 25.02.2026 14:41:00
  • 1 мин оқу

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyada unga nisbatan “terrorizmga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Ish Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi asosida ochilgan bo‘lib, unda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutiladi. Rasmiy idoralar bu borada bayonot bermagan. 

Durov rasmiylar rossiyaliklarning messenjerga kirishini cheklash uchun har kuni yangi bahonalar o‘ylab topayotgani va bu voqealar “o‘z xalqidan qo‘rqayotgan davlatning achinarli manzarasi” ekanini yozdi. Mazkur bayonot “Rossiyskaya gazeta” va “Komsomolskaya pravda” nashrlarida Telegram tanqid qilingan maqolalar ortidan e’lon qilindi. Ularda platforma jinoyatlar va radikal faoliyat bilan bog‘landi.

So‘nggi oylarda Rossiyada Telegram’ga nisbatan texnik cheklovlar kuchaygan. Davlat dumasida esa Telegram’ni ekstremistik tashkilot deb tan olish ehtimoli muhokama qilingani aytilmoqda. Rasmiy qaror hozircha e’lon qilinmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News