
- 2
- 15.11.2025 16:30:00
- 1 мин оқу
Andijonning Paxtaobod tumanida yashovchi 8 yoshli Muhammadyusuf Ibrohimjonov ingliz tili bo‘yicha B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija unga xorijiy tillar institutiga imtihonsiz o‘qishga kirish imkonini beradi. Muhammadyusuf 19-maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lib, yaqin orada xalqaro IELTS sertifikatini ham olishga tayyorlanmoqda.