
- 8
- 13.10.2026 17:43:00
- 1 мин оқу
Gvatemalada 15 yoshli qizni vafot etgan deb o‘ylab, tobutga joylashtirishganidan taxminan sakkiz soat o‘tib, u o‘ziga keldi.
Qiz mashinada ketayotganda hushini yo‘qotgan. Otasi uning nafas olmayotgani va tomir urishini sezmagani sababli vafot etgan deb o‘ylagan. Biroq qizning o‘limi shifokor tomonidan tasdiqlanmagan.
Dafn marosimi vaqtida onasi tobut ichidagi harakatni sezgan. Shundan so‘ng qiz ko‘zlarini ochib, o‘rnidan turgan.
Qiz shifoxonaga yotqizilgan va hushini yo‘qotishiga nima sabab bo‘lgani tekshirilmoqda.