
- 2
- 12.11.2025 09:44:00
- 1 мин оқу
Gruziyada Turkiyaga tegishli S-130 harbiy samolyoti qulab tushdi. Hodisa oqibatida bortdagi 20 nafar harbiy xizmatchining barchasi halok bo‘lgan.
Samolyot 11-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:19 da Ozarbayjonning Ganja aeroportidan havoga ko‘tarilib, qisqa fursatda radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Uning qoldiqlari Gruziyaning Ozarbayjon bilan chegaradosh Sig‘nagi tumanidagi Xolagiri monastiri yaqinida topilgan.
Halok bo‘lgan harbiylarning shaxsi aniqlanib, ularning nomlari rasmiy tarzda e’lon qilingan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an voqea munosabati bilan “shahid bo‘lgan askarlarimiz uchun xalqimizga sabr-tilayman” deya bayonot berdi. Gruziya tomoni aviasiya xavfsizligi qoidalarini buzish ehtimoli bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergov Turkiya va Ozarbayjon bilan hamkorlikda olib borilmoqda.