Turkistondagi uyda 12 kishi yonib ketdi

Turkistondagi uyda 12 kishi yonib ketdi
  • 0
  • 19.11.2025 14:06:00
  • 1 мин оқу

18-noyabr kuni Turkiston viloyati, Jettisay tumani, Algabаs qishlog‘idagi ikki qavatli xususiy uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Uy ichkarisidan 12 nafar jasad topilgan, ulardan 9 nafari yosh bola bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, voqea joyida dahshatli qichqiriqlar eshitilgan. Odamlar yonayotgan uydan chiqishga uringan, biroq deraza panjaralari bunga imkon bermagan. Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning 5 nafar, 3 ta qiz va 2 ta o‘g‘il farzandi bo‘lgan. Ikkinchi oiladan 2018-yilda tug‘ilgan 1 nafar qiz omon qolgan. Shuningdek 3 nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan 2 ta katta va 1 ta yosh bola reanimatsiya bo‘limida. Oila o‘sha kuni sunnat to‘yini nishonlagani, bayram kechasi uyda davom etgani va tongda yong‘in yuz bergani aytilgan. Holat yuzasidan “Yong‘in xavfsizligi talablarini buzish” moddasi bilan tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News