AQSHda COVID-19 vaksinasidan 10 bola vafot etdi

AQSHda COVID-19 vaksinasidan 10 bola vafot etdi
  • 3
  • 01.12.2025 17:17:00
  • 1 мин оқу

AQSHda kamida 10 nafar bola COVID-19 ga qarshi emlanishdan keyin vafot etgani FDA (Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi) tomonidan tasdiqlandi. Xabarda aytilishicha, o‘limlar miokardit — yurak mushaklarining yallig‘lanishi — oqibatida yuz bergan. Bolalarning yoshi va sog‘ligi haqida ma’lumot berilmagan, vaksina ishlab chiqaruvchisi ham tilga olinmagan.

FDA komissari Marti Makari bu ma’lumotni AQSH prezidenti Jo Bayden davrida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanganini bildirdi. Shu bilan birga, amaldagi sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi emlash siyosatini o‘zgartirib, COVID-19 vaksinasini faqat 65 yoshdan oshganlar va surunkali kasalligi bo‘lgan shaxslarga tavsiya qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News