
- 3
- 09.01.2023 12:07:00
- 1 daq o'qish
Qor tozalash vaqtida jiddiy jarohat olgan mashhur aktyor Jeremi Renner operatsiyadan keyin o‘ziga keldi.
“Yaxshi tilaklaringiz uchun barchangizga rahmat. Ayni vaqtda yoza oladigan holatda emasman, ammo barchangizga minnatdorchilik bildiraman” – deya yozib qoldirdi aktyor Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil kuni Nevada shtatida kuchli qor yoqqani sababli oilasi a’zosidan biri avtomobilda yo‘lda tiqilib qoladi. Yordamga kelgan Renner esa o‘z avtomobilidan qor kurashda foydalanayotganida baxtsiz hodisa yuz bergandi.