Osiyo chempionatiga qachon qur’a tashlanadi?

Osiyo chempionatiga qachon qur’a tashlanadi?
  • 5
  • 04.03.2023 12:23:00
  • 1 daq o'qish

Osiyo chempionatiga qachon qur’a tashlanadi?

2024-yilning 12-yanvar – 10-fevral kunlari Qatarda futbol bo‘yicha qoldirilgan Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 ta jamoa qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqaga 11-may kuni qur’a tashlashini ma’lum qildi. Marosim Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur turnir 2023-yil avvalida Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, Xitoydagi epidemik vaziyat sababli turnir bekor qilingan, keyinchalik esa 2024-yilda Qatarda o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. 

Termamiz qit’a birinchligidagi eng yaxshi natijasini 2011-yilda aynan Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida qayd etgan. O‘shanda O‘zbekiston vakillari turnirni 4-o‘rin bilan yakunlagandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News