Namanganda qiymati 5,2 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar saqlanayotgan omborlar aniqlandi

Namanganda qiymati 5,2 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar saqlanayotgan omborlar aniqlandi
  • 8
  • 17.10.2026 15:36:00
  • 1 daq o'qish

Namangan shahrida xorijdan noqonuniy olib kirilgan 287 turdagi 46 865 dona dori vositasi saqlanayotgan beshta yashirin ombor aniqlandi. Dorilarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 5,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
DXX, Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2002, 1997 va 1987-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qo‘lga olingan.

Olib qo‘yilgan dorilar orasida “Erinit”, “Gemaza” va “Fenotropil” preparatlari ham bor. Hozirda ular bo‘yicha ekspertizalar tayinlangan va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News