
- 5
- 23.10.2023 08:15:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Xanchjou shahrida IV Paraosiyo oʻyinlari boshlandi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para-kanoe bahslarida hamyurtlarimiz Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) oʻz dasturlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, para-yengil atletika bahslarida Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga ega chiqdi.


