
- 8
- 20.12.2022 09:46:00
- 1 daq o'qish
Tuproq qal’a (milodiy I-VI asrlar) Sulton Uvays tog’ tizmasidan bir necha kilometr janubda joylashgan. Ushbu qal’a antik davrda, Afrigidlar sulolasi hokimiyatga kelishidan oldin, Qadimgi Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo’lib xizmat qilgan. Yodgorlikning nomi, uning hozirgi holatidan kelib chiqib, katta tuproq tepalik degan ma’noni anglatadi.
Hashamatli saroyning markazida mahoratli devoriy rasmlar va antiqa naqshlar bilan bezatilgan taxt o‘rnatilgan xona bor edi. “Qirollar zali”da ellinistik sanʼatiga oid haykallar, turli portretlar va yuzlari juda realistik tasvirlangan haykallar topilgan.