
- 7
- 03.02.2023 17:01:00
- 1 daq o'qish
4-5 fevral kunlari Fransiya poytaxtida o‘tadigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniriga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 7 nafar sportchi himoya qiladi. Jahon chempioni Davlat Bobonov musobaqani salomatligi sabab oʻtkazib yuboradi.
Qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Yam Volshak (Isroil) 🇮🇱 / Stenley Pervil (Gaiti) 🇭🇹
-66 kg: Sardor Nurillayev – Fernand Nikero (Gabon) 🇬🇦 / Xuan Ernandes (Kolumbiya) 🇨🇴
-66 kg: Bobur Vadjiyev – Felipe Pelim (Braziliya) 🇧🇷
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Anxzaya Lavjargal (Mo‘g‘uliston) 🇲🇳 / Turpal Djovkayev (Finlyandiya) 🇫🇮
-100 Muzaffarbek To‘raboyev – Nikolas Pavlovski (Polsha) 🇵🇱
+100 kg: Alisher Yusupov – Saba Inaneishvili (Gruziya) 🇬🇪
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Freddi Figuyero (Ekvador) 🇪🇨