
- 2
- 28.04.2023 12:16:00
- 1 daq o'qish
Samsung brendining Galaxy Watch 6 Pro aylanuvchi ramkali, aqilli soatning ilk suratlari paydo bo‘ldi. Yangi soat avvalgilariga qaraganda ingichka korpusga ega bo‘lishi kutilmoqda. Soatlar 2 xil o‘lchamda sotuvga chiqariladi 42 mm hamda 46 mm. Kichik o‘lchamdagi soat 300 mA/soat batareyaga, katta o‘lchamdagisi esa 600 mA/soat batareyaga ega. Undan tashqari Galaxy Watch 6 Pro dumaloq OLED displey va sport va sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlarini kuzatish uchun ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Siz aqilli soatlardan qaysi birini tanlaysiz Apple, Samsung yoki Xiaomi’ni? Tanlovingizni izohlarda yozib qoldiring.