
- 9
- 28.02.2023 12:03:00
- 1 daq o'qish
FIFA 27-fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrinlarini topshirdi.
Yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida PSJ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi e’tirof etildi.
Ushbu sovringa, shuningdek, fransiyalik futbolchilar Kilian Mbappe (PSJ) va Karim Benzema (“Real”) da’vogarlik qilgandi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni munosib topildi. Ushbu sovringa da’vogarlar uchligida Karlo Anchelotti (“Real”) va Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) bor edi.
Argentina terma jamoasining yana bir vakili Emiliano Martines (“Aston Villa”) yilning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. Bu borada Martinesga Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya) va Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash) raqobatchi bo‘lgandi.