Samsung “mazali” klaviatura va sichqonchani ishlab chiqardi

Samsung “mazali” klaviatura va sichqonchani ishlab chiqardi
  • 7
  • 10.03.2023 14:05:00
  • 1 daq o'qish

Shirinxo‘rlarni ushbu klaviatura qiziqtirib qo‘yishi aniq. Samsung ko‘rinishi yalpizli shokoladni eslatuvchi “mazali” klaviatura va sichqonchani ishlab chiqardi.   Ularning asosiy afzalligi dizayn jihatdan eksklyuzivligidadir. Simsiz klaviatura hamda sichqoncha funksionalikni emas balki estetikani ustun ko‘ruvchilar uchundir. 

To‘liq o‘lchamli klaviatura yorug‘lik, ovoz balandligi va multimedia oynalarini boshqarish uchun funksional tugmalar to‘plamiga ega bo‘ldi. Klaviatura tugmalari bosilgan yumshoq va ovozsiz bosiladi. “Shokolad” klaviaturasining og‘irligi atigi 462 gramm, o‘lchamlari 436 x 125 x 23 mm.

Samsung‘ning ta’kidlashicha, sichqoncha va klaviatura qoplamasi o‘chib ketmaydi. Ishlab chiqaruvchi aksessuarlarning chiqish muddati va narxini aytmadi. Mint Choco seriyasi Koreya bozori uchun eksklyuziv bo‘ladi degan fikrlar ham mavjud.  
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News