Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi shaharsozlik va ekologiya muammolarini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi shaharsozlik va ekologiya muammolarini muhokama qildi
  • 0
  • 15.09.2026 16:35:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi shaharsozlik, ekologiya va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar, urbanistlar, ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Toshkentning jadal kengayib borayotgani fonida muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuklama, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, yangi qurilishlar shahar rivojiga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosibliklarni keltirib chiqarmasligi va mavjud infratuzilmaga ortiqcha yuklama bermasligi kerak.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News