
- 6
- 25.01.2023 14:10:00
- 1 daq o'qish
Bangkokda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasida final janglari o‘tdi.
Finalga chiqqan 8 nafar bokschimizdan 5 nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. 3 bokschimiz imkoniyatni boy berib, kumush medallik bo‘lishdi. Yana 2 nafari bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova
O‘zbekiston shu tariqa, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.


