
- 10
- 01.03.2023 14:13:00
- 1 daq o'qish
Nokia kompaniyasi o‘zining 60 yillik klassik logotipini texnologik jihatdan zamonaviysiga almashtirdi (https://www.nokia.com/about-us/news/releases/2023/02/26/nokia-sets-sights-on-leading-a-world-where-networks-meet-cloud-mwc23/).
Kompaniya ushbu qarorini ko‘plab foydalanuvchilar ularni telefon qurilmasi ishlab chiqaruvchi brend deb hisoblashini, lekin bu biznes 10 yil avval sotib yuborilgani bilan izohladi. Yangi logotip esa kompaniyaning yangi strategiyalari haqida bir signal.
Nokia’ning oldingi logotipi esa dunyoning qariyb barcha mamlakatlarda ancha taniqli edi.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Microsoft Nokia’ning telefon ishlab chiqaruvchi bo‘limini 5,44 mlrd yevroga sotib olib, 2016-yilda bir qismini HMD Global Oy va FIH Mobile va sotib yuborgandi. Endilikda ular ushbu brend ostida zamonga mos smartfonlar ishlab chiqarishga urinmoqda.
