
- 3
- 09.03.2023 13:23:00
- 1 daq o'qish
Apple an’anasiga sodiq qolgan holda yangi rangdagi iPhone’ni rasman taqdim etdi.
iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarini endi sariq ranglisini sotib olishingiz mumkin. Ushbu rang Pro va Pro Max’ga amal qilmaydi.
Bungacha iPhone 14 modellari qora, ko‘k, binafsha, oq va qizil ranglarda edi. Sariq rangdagi iPhone so‘nggi marta 2019-yilda, iPhone 11 seriyasida ommaga chiqarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “ayfon”larning rangidan boshqa birorta xususiyati o‘zgarmaydi. Sotuvlar 14-martdan boshlanishi kutilmoqda.