
- 4
- 21.02.2023 15:34:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiyada uchun litsenziyalash tartibini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yil Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati bokschilarga Olimpiyada litsenziyalarini taqdim etadi.
Qayd etilishicha, Toshkent va Nyu-Dehlida o‘tkaziladigan Jahon chempionatlariga boykot eʼlon qilgan mamlakat sportchilari shaxsan ro‘yxatdan o‘tib, mundial bahslarida qatnashishi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSh, Shvetsiya, Irlandiya va Chexiya boks federatsiyalari Jahon chempionatida ishtirok etmasligini maʼlum qilgandi.