Mask insoniyatning yo‘qolib ketish xavfi haqida ogohlantirdi

Mask insoniyatning yo‘qolib ketish xavfi haqida ogohlantirdi
  • 1
  • 28.08.2026 09:56:00
  • 1 daq o'qish

Ilon Mask tug‘ilish darajasining pasayishi insoniyat uchun xavf tug‘dirayotganini aytdi.

U Singapurda tug‘ilish darajasi 2025-yilda rekord darajada — 0,87 gacha tushgani haqidagi xabarga munosabat bildirgan. Mask bu holat davom etsa, insoniyat yo‘qolib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Singapur hukumati tug‘ilish darajasini oshirish uchun oilalarga moliyaviy yordam, qo‘shimcha ta’til, uy-joy va bolalar parvarishi bo‘yicha imtiyozlarni kengaytirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 65 yosh va undan kattalar aholining qariyb beshdan bir qismini tashkil etishi kutilmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News