- 8
- 15.02.2023 14:38:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida koinotga sayr qilishingiz imkonini beruvchi ikkita maskan bor. Birinchisi Toshkent City’da joylashgan Planetariy muzeyi. Tashrif buyuruvchilar 20 daqiqa ichida astronomik hodisalar, yulduzli osmon, Quyosh va sayyoralarning harakati, Yer sun’iy yo‘ldoshlari harakatini shiftdagi ulkan maxsus ekranda tomosha qiladi. Bilet narxi 30 ming so‘m.
⏱Ish vaqti: 10:00 dan – 22:00 gacha (har kuni)
Ikkinchisi esa 2003-yilda Shayxontohur tumanida ochilgan Planetariy muzeyi. Siz bu yerda koinotning tubiga sho‘ng‘ishingiz, meteoritlar, Shimol yog‘dusi, turli kattalikdagi kometalarni ko‘rishingiz mumkin. Kirish narxlari 10 ming so‘m, 7 yoshgacha 5ming so‘m.
⏱Ish vaqti: 09:00 dan – 17:00 gacha (dushanbadan shanbaga qadar)