Krishtianu Ronaldu 8 million obunachisidan ayrildi

Krishtianu Ronaldu 8 million obunachisidan ayrildi
  • 8
  • 12.05.2026 12:57:00
  • 1 daq o'qish

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan keng ko‘lamli “tozalash” ishlari natijasida dunyoning ko‘plab mashhurlari millionlab obunachilaridan ayrildi. Bu jarayonda Krishtianu Ronaldu ham 8 million obunachisidan ayrildi. Shunga qaramay, portugaliyalik yulduz 666 mln obunachisi bilan hamon birinchilikni saqlab qolmoqda. Instagram hozircha ushbu “tozalash” ishlari yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Biroq bu ushbu platformada faol bo‘lgan ko‘plab mashhurlar, jumladan, Lionel Messi, Donald Tramp, shou-biznes vakillari Jastin Biber va Selena Gomes kabi shaxslarga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News