
- 4
- 19.10.2026 10:50:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryerni haqoratlab, unga tahdid qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Hodisa 17-oktabr kuni soat 13:00 larda yuz bergan. Kuryer restoran oldidagi piyodalar yo‘lagidan skuterda o‘tmoqchi bo‘lganida, 36 yoshli erkak uni to‘xtatib, qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan va urish bilan tahdid qilgan.
Keyinchalik erkak kuryerdan qo‘polligi uchun uzr so‘rashini va pushaymonligini bildirdi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi restoran joylashtirgan yozgi maydoncha piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilganini aniqlab, stol-stullar olib tashlanganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, erkak sud hukmi bilan 5 sutkaga qamalgan.