
- 2
- 07.05.2026 10:16:00
- 1 daq o'qish
OpenAI kompaniyasi GPT-5.5 nomli yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etdi. Bu model oldingi versiyalarga qaraganda yanada aqlli va samaraliroq bo‘lib, murakkab vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatiga ega.
U ma’lumot tahlil qilish, onlayn tadqiqot o‘tkazish va hujjatlar bilan ishlashda katta ximat qiladi. GPT-5.5 tezligi GPT-5.4 bilan deyarli bir xil, lekin kamroq vaqt sarflaydi va sifatliroq javob beradi. Hozirda u ChatGPT’ning Plus, Pro va biznes foydalanuvchilari uchun ochiq, tez orada API orqali ham foydalanish mumkin bo‘ladi.