
- 5
- 23.02.2023 09:35:00
- 1 daq o'qish
Bolgariya mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirining navbatdagi janglari bo‘lib o‘tdi.
+92 vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov amerikalik Joshua Edvardsga qarshi ringga koʻtarildi.
Jang to‘liqligicha O‘zbekiston vakilining ustunligida o‘tdi. Bahs yakunida Bahodir Jalolov hakamlarning bir ovozda chiqargan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endilikda musobaqaning yarim final bahsida Bahodir Jalolov qozogʻistonlik Kamshibek Ko‘nkabayev bilan kuch sinashadi. Jang 23-fevral kuni boʻlib oʻtadi.