Apple iPhone narxlarini oshirishi kutilmoqda

Apple iPhone narxlarini oshirishi kutilmoqda
  • 4
  • 16.03.2023 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Haitong International Securities tahlilchisi Jeff Pu Apple iPhone 15 Pro va 15 Pro Max narxlarini joriy avlod modellariga nisbatan oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Yangi iPhone’lar narxining oshirilishi mantiqiy ko‘rinadi, chunki kompaniya mish-mishlarga qaraganda qimmatroq materiallardan ya’ni korpus uchun titandan foydalanishga o‘tadi va jismoniy tugmachalarni qattiq holatdagi tugmalar bilan almashtiradi, bu esa qo‘shimcha Taptic Engine modullarini talab qiladi. 

iPhone 14 Pro hozirda iPhone X-ga qadar bo‘lgan barcha iPhone’lar singari 1000 dollardan boshlanadi, aslida Apple olti yildan beri eski iPhone’larning narxini ko‘tarmadi, faqat Pro Max modellari o‘z-o‘zidan qimmatlashadi.  

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News