- 5
- 20.01.2023 07:51:00
- 1 daq o'qish
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida oʻtayotgan "Tata Steel Chess" xalqaro turnirining 5-turida musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri klassik shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen hamda Nodirbek Abdusattorov oʻrtasida kechdi.
Klassik shaxmat "dueli"da ilk bor kuch sinashayotgan har ikki shaxmatchi uchun bahs oʻta murakkab tarzda boʻlib oʻtdi va qora donachalarda harakatlangan Nodirbek Abdusattorov bu bahsda gʻalaba qozondi.