
- 8
- 22.02.2023 13:06:00
- 1 daq o'qish
Amerikalik afsonaviy basketbol yulduzi Maykl Jordan o‘z tug‘ilgan kunida “Make-A-Wish” jamg‘armasiga 10 million dollar xayriya qildi. Bu haqda NPR nashri xabar qildi.
Make-A-Wish Foundation” xalqaro xayriya jamg‘armasi bo’lib, uning asosiy maqsadi turli og’ir hastaliklarga chalingan bolalarga yordam berish hisoblanadi.
“O‘tgan 34 yil davomida “Make-A-Wish” bilan birgalikda ko‘plab bolalarga tabassum va baxt keltirish sharafiga muyassar bo‘ldim. Mana shunday og‘ir damlarda ularning naqadar chidamliligini ko‘rish haqiqatan ham ilhom baxsh etdi.” – deydi Maykl Jordan.