Toshkent teleminorasi muzeyi

Toshkent teleminorasi muzeyi
  • 16
  • 20.12.2022 09:58:00
  • 1 мин чтения

Toshkent teleminorasi O’rta Osiyodagi eng baland bino hisoblanadi. Dunyoda esa balandlik bo’yicha 12-o'rinni egallab turibdi. 1985-yil 15-yanvarda foydalanishga topshirilgan teleminoraning balandligi 375 metrni tashkil qiladi.
Teleminoraning kirish qismida muzey mavjud. Muzeyda siz dunyodagi eng baland teleminoralarining modellarini ko'rishingiz va ular haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Teleminorada sayyohlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya va “Koinot” restorani xizmatlari yo’lga qo’yilgan. Yerdan deyarli 100 metr balandlikda joylashgan restoran bir vaqtning o'zida 120 kishiga xizmat ko'rsatishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News