O‘zbekistonlik tennischi yakkalikda yarim final, juftlikda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik tennischi yakkalikda yarim final, juftlikda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
  • 3
  • 16.01.2023 11:59:00
  • 1 мин чтения

Qatar poytaxti Dohada ITF tasnifiga kiruvchi turnirda Humoyun Sultonov chorak finalda rossiyalik Marat Sharipovga qarshi kortga chiqib 5/7, 7/5, 6/0 hisobida ustun keldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Humoyun bugun yarim finalda estoniyalik Kristian Tammga qarshi kortga chiqadi.
Juftlik bahslarining yarim finalida Humoyun hindistonlik Parikshit Somani bilan birga rossiyalik Bobrov/Sharipov tandemiga qarshi o‘ynab, 4/6, 6/3, 12/10 hisobida ustun kelishdi va finalga chiqishdi.
Ular endi finalda italiyalik Jakopo Berrettitni va estoniyalik Kristian Tammga qarshi o‘ynashadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News