Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni boʻlgan Magnus Karlsenni magʻlub etdi

Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni boʻlgan Magnus Karlsenni magʻlub etdi
  • 5
  • 20.01.2023 07:51:00
  • 1 мин чтения

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida oʻtayotgan "Tata Steel Chess" xalqaro turnirining 5-turida musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri klassik shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen hamda Nodirbek Abdusattorov oʻrtasida kechdi. 
Klassik shaxmat "dueli"da ilk bor kuch sinashayotgan har ikki shaxmatchi uchun bahs oʻta murakkab tarzda boʻlib oʻtdi va qora donachalarda harakatlangan Nodirbek Abdusattorov bu bahsda gʻalaba qozondi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News