
- 4
- 06.10.2026 11:26:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston sportchilari Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘tkazilgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarini 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal bilan yakunladi. Medallar jadvalida Xitoy 169 ta oltin bilan 1-o‘rin, Yaponiya 83 ta oltin bilan 2-o‘rin, Janubiy Koreya 39 ta oltin bilan 3-o‘rin, Hindiston 21 ta oltin bilan 4-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston esa Hindiston bilan oltin medallar sonini tenglashtirgan bo‘lsa-da, kumush medallar bo‘yicha ortda qolgani sababli 5-o‘rinda qoldi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Qozog‘iston 8, Tojikiston 19, Qirg‘iziston 22, Turkmaniston esa 27-o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.